Otadagi puldan zakot

Ustoz savol bilan murojat qilishga ruhsat bersangiz.Biz ukalarim bilan yoshligimizdan boshlab topgan pulimizni Otamga berib odatlanganmiz, va kerak vaqtda umumiy puldan bemalol so‘rab ham olishimiz mumkin, hozirgacha bu narsa yo‘qolmagan. Pulni to‘g‘ri sarflashimizni o‘ylab shunday tarbiya berishgan. Otam bizni eb-ichish, kiyim-kechak, o‘qishga ketadigan harajatlarimizdan tashqari yana hamma harajatlarni ko‘tarsalar ham, hech qachon bizni pulimizga muhtoj bo‘lmaganlar. Shu paytgacha o‘zlari zakot berib kelganlar, biz voyaga etib bu haqda ham o‘ylab qoldim va savol tug‘ilib sizga murojat qildim: Bu pullarni alohida qilib nisobga etkanda har birimiz alohida zakot berishimiz kerakmi yoki qo‘shilib ketkanda umumiy puldan 1ta zakot bersa ham bo‘ladimi? Nechi yoshdan berish kerakligi haqida hukmlar bormi?ALLOH hammamizni Otalarimizdan rozi bo‘lsin. Ota Onamga hidoyat so‘rab duo qilishingizga intizorman...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Zakotda yosh emas, nisob e’tiborga olinadi. Chaqoloqning nisobga etgan puli bo‘lsa ham, zakot beriladi. Sizlarning holatingizda otangiz hammadan bersa, bo‘ladi.

5 May 2022, 06:56 | Savol-javoblar | 149 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar