Erning mulkiga aylanadimi?

Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar, avvvlam bor sizlarga katta rahmat. Tan olaman dinimiz borasida zexnim chuqur emas. Ammo aniq Qur’oni karimda keltirilganiga ishonchim komil bo‘lmasa u ma’lumotni so‘rab surishtirishga harakat qilaman.
1. Qiz bola turmushga chiqish oldi qalin puli(sut puli) degan tushuncha bor. Bu holda erkak kishi ayolini sotib olgan hisoblanadimi?
2. Ayol kishi turmushga chiqqach bor mol mulki(tilla asboblari) hattoki ota-onasi olib bergan bo‘lsada erga tegishli , erning mulki hisoblanadimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). https://fiqh.uz/index.php/oilam-turmush/er-xotin/693-alin-puli-joki-sut-puli 2). Ayolning er uyiga keltirgan barcha narsalari o‘zining shaxsiy mulki hisoblanadi. Erning ularda hech qanday haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:27 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar