Ro‘zadorning buruniga sal suv kirishi
Assalomu alaykum! Bugun tahorat qilayotganimda burnimni ozgina suv bilan yuvgandim, lekin tahoratdan keyin burnimga yaxshilab suv kirdimi, yo‘qmi shubhalanib, bir marta suv bilan yuvdim, keyin bitta(ikkita teshik bo‘ladigan bo‘lsa faqat bittasiga demoqchiman) burunga sal achishadigan darajada suv kirib ketdi. Lekin achishish uncha ko‘pga bo‘lmadi. Endi ro‘zam ochilgan hisoblanadimi? Ochilgan bo‘lsa ovqat eyaverish mumkinmi yoki emay turgan afzalmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Burunga suv kirishi ro‘za ochmaydi, dimoqqa kirish ochadi. Achishish dimoqqa etkanining alomati bo‘ladi. Ro‘zador odam tahorat va g‘uslda og‘iz-burunga mubolag‘a bilan suv olmaslik kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:25 | Savol-javoblar | 162 | Ro‘za