Ijara shartnomasi
Assalomu alaykum xurmatli Shayx xazratlari!Kirib kelayotgan ayyomlaringiz muborak bo‘lsin! Alloh ilmingizni ziyoda va Islomga xizmatingizni bardavom etsin!Avvalambor, Oltin Silsila nomli kitoblar haqida eshitdik. Ushbu ulkan ishga qo‘l urganlaringiz bilan muborakbod etaman. Millatimiz musulmonlariga juda ham katta xizmat bo‘ladi Insha Alloh.Fiqh.uz saytidagi egalik bilan yakunlanuvchi ijara haqidagi ma’lumotlarni o‘qib chiqdim. Ushbu matnda bitimning joiz suratlaridan biri quyidagicha ekan: "Ijarachi ma’lum muddat belgilangan ijara haqqi evaziga ijaraga olgan narsadan foydalanishi mumkin. Alohida bitim bilan ijaraga beruvchi ijarachiga belgilangan ijara haqqi to‘langandan keyin ijaraga berilgan narsani kelishilgan narxga sotish va’dasini berishi"Yuqorida keltirilgan ijarachiga belgilangan ijara haqqi to‘langandan keyin ijaraga berilgan narsani kelishilgan narxga sotish va’dasini berish bitimidagi kelishilgan narxni "ijara muddati davomida ijaraga beruvchi tomonidan qoplangan avtomashinaning asoslarini tashkil qiladigan bo‘laklari ishdan chiqib qolishi sababli vujudga kelgan xarajatlar yig‘indisi" deb ta’riflasa bo‘ladimi? Ijara shartnomalarida ijaraga beruvchi ijaraga olingan narsaning asoslarini tashkil qiladigan bo‘laklari ishdan chiqib qolishidagi harajatlarini qoplashi kerak ekan. Yuqoridagi ta’rifga asosan, ijaraga beruvchi ijara muddati davomida ushbu xarajatlarni qoplab boradi va ijara muddati tugagandan keyin ushbu xarajatlarning xammasi qancha bo‘lgan bo‘lsa o‘sha narxga mashinani ijaraga oluvchiga sotadi. Ushbu shartning joizligini bilmoqchi edim.Alloh jannatda Sizga Jamolini nasiyb etsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha keyingi sotish ishini avvalgi ijara deb atalgan shartnomadan alohida bo‘lishi kerak.
5 May 2022, 07:07 | Savol-javoblar | 147 | Islam
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha keyingi sotish ishini avvalgi ijara deb atalgan shartnomadan alohida bo‘lishi kerak.
5 May 2022, 07:07 | Savol-javoblar | 147 | Islam