Engi kalta kiyimda namoz o‘qish

Assalomu alaykum! “islom.uz” saytining fiqh yo‘nalishidagi namoz bobida, "futbolkada namoz o‘qish" degan maqola yozilgan ekan. Mazkur maqolada engi kalta kiyimda namoz o‘qish makruhligi haqida aytilgan. Hanafiy mazhabining "Muhit" nomli kitobida hadis, sahobalarning so‘zlari va boshqa hujjatlar bilan engi kalta kiyimda namoz o‘qish makruhligi haqida aytilgan va mazkur holatga amal qilib kelmoqdamiz. "Mo‘minning meroji" kitobining salla haqidagi qismida, “engi kalta kiyimda namoz o‘qish makruh bo‘lmaganidek” deb yozib ketilgan. Qaysi biri to‘g‘ri ekanligiga hayron bo‘lib turibmiz. Biz ko‘pchilikka mazkur holatda engi kalta kiyimda namoz o‘qish makruh degan edik. Bu holatni tushuntirib bersangiz. Biz qaysi biriga amal qilaylik?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kiyimni engi asli kalta bo‘lishi hamda uni shimarib olishning o‘rtasida katta farq bor. Barcha fiqhiy kitoblarimiz, jumladan siz aytgan “Muhit”da ham engi kaltada emas, balki engini shimarib olgan kiyimda namoz o‘qish makruhligi aytilgan. Vallohu a’lam.

30 Aprel 2022, 08:03 | Savol-javoblar | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar