Zakot miqdorini aniqlashtirish

Assalomu alaykum! Zakot miqdorini aniqlashda qiyinchilik bo‘lganligi uchun savol berishga majbur bo‘ldim. 2020-yil 1-avgustda taxminan 2500-2700$ pulim bor edi (undan oldin ushbu summadan zakot berganman). Bugungi kunga kelib, xar oy 500-600$  xarajatimdan tashqari yig‘ib borar edim. Natijada 8000$ mablag‘im bo‘ldi. Qarzga kvartira olganman. Xar oyda 600$ dan pul to‘lashim kerak (oyligimdan to‘lab borish imkoniyatim xam bor). Shu o‘rinda zakotni xisoblashda, men 12 oy davomida to‘lashim kerak bo‘lgan 7200$ chiqarib tashlashim kerakmi? Xar oyda kushilayotgan pulni 1 yilga tulishini kutishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bor pulingizdan bu yil beradiganini chiqarib yuboring. Qolgani nisobga etsa zakot berasiz. Har oy oladiganingizni alohida hisoblash shart emas. nisobga etgandan keyin qo‘shilganlarga bir yil to‘lish shart emas. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 05:28 | Savol-javoblar | 139 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar