Savdo qilinganda qo‘shib beriladigan bonuslar

Assalomu alaykum! Hozirda ba’zi texnika mollarini sotib olinganda, xaridorga bonus tariqasida har xil buyumlar, magazindan savdo qilish huquqini beruvchi kuponlar beriladi. Lekin ayrim xaridorlar shu narsalarni olmaslik evaziga tovar narxidan tushirib berishni so‘rashadi yoki sotuvchi shuni taklif qiladi. Savolim shundayki 50.000 so‘mlik kupon(buyum)ni olib qolish evaziga kelishilgan narxdan 30 yoki 25.000 so‘m tushib berilishi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buyumni olib qolishida muammo yo‘q. Ammo barobarida pul bo‘lgan kuponni barobaridagi kamroq pulga alishtirishsh joiz emas. So‘mni so‘mga almashtirilayotganda biri kuponda yoki kartada kabi boshqasi naqd bo‘lsa ham tenma-teng bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:35 | Savol-javoblar | 133 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar