Xudoni so‘kkan va ishonmaydiganlar janozasizda qatnashish

Assalomu alaykum! Xudoni so‘kkan, xudoga ishonmaydigan kishilarning janozasiga qatnashsa bo‘ladimi yoki gunox bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tavba qilmasdan kofir holida o‘lib ketgan bo‘lsa, gunoh bo‘ladi, chunki murtadga janoza o‘qilmaydi. Alloh taolo "Tavba" surasida marhamat qiladi:    وَلاَ تُصَلِّ عَلَى أَحَدٍ مِّنْهُم مَّاتَ أَبَدًا وَلاَ تَقُمْ عَلَىَ قَبْرِهِ إِنَّهُمْ كَفَرُواْ بِاللّهِ وَرَسُولِهِ وَمَاتُواْ وَهُمْ فَاسِقُونَ۝ 84. Va hech qachon ulardan o‘lgan birortasiga ham (janoza) namoz o‘qima, qabri ustida turma. Chunki ular Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirdilar hamda fosiq hollarida o‘ldilar.
Tavba qilmasdan, fosiq – dindan chiqqan holida, munofiqlik holida, ya’ni Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirgan holatda o‘lganlarga nisbatan ana shunday munosabatda bo‘lish kerak. Chunki janoza namozini o‘qish, qabri ustida turish o‘lgan uchun katta hurmat va e’zozdir. Bu ulkan hurmat va e’zozni haqdor kishilarga qilish kerak. Munofiq va fosiqlar bunga loyiq emas. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

5 May 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar