Sunniy aqiydalar kitobidan savol
Assalomu alaykum! "Sunniy aqiydalar" kitobi 155-bet 3-hat boshiga tushuna olmadim. Ayniqsa, "Alloh insonlarning bu shaklda yashashini taqdir qilgani yo‘q. Bu narsa oldindan belgilab qo‘yilgan edi." jumlasiga tushunmadim. Alloh qadar qilgani bilan oldindan belgilab qo‘yganining qanday farqi bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz yaxshilab mulohaza qiling, u jumlada faqat sharh kelgan. Bu joyda “taqdir” kalimasi buyurish manosida kelgan. وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: احْتَجَّ آدَمُ وَمُوسَى عَلَيْهِمَا السَّلَامُ عِنْدَ رَبِّهِمَا، فَحَجَّ آدَمُ مَوسَى، قَالَ مُوسَى: أَنْتَ آدَمُ خَلَقَكَ اللهُ بِيَدِهِ، وَنَفَخَ فِيكَ مِنْ رُوحِهِ، وَأَسْجَدَ لَكَ مَلَائِكَتَهُ، وَأَسْكَنَكَ فِي جَنَّتِهِ، ثُمَّ أَهْبَطْتَ النَّاسَ بِخَطَيئَتِكَ إِلَى الْأَرْضِ. فَقَالَ آدَمُ: أَنْتَ مُوسَى الَّذِي اصْطَفَاكَ اللهُ بِرِسَالَتِهِ وَبِكَلَامِهِ، وَأَعْطَاكَ الْأَلْوَاحَ فِيهَا تِبْيَانُ كُلِّ شَيْءٍ، وَقَرَّبَكَ نَجِيًّا، فَبِكَمْ وَجَدْتَ اللهَ كَتَبَ التَّوْرَاةَ قَبْلَ أَنْ أُخْلَقَ؟ قَالَ مُوسَى: بِأَرْبَعِينَ عَامًا. قَالَ آدَمُ: فَهَلْ وَجَدْتَ فِيهَا وَعَصَى آدَمُ رَبَّهُ فَغَوَى؟ قَالَ: نَعَمْ. قَالَ: أَفَتَلُومُنِي عَلَى أَنْ عَمِلْتُ عَمَلًا كَتَبَهُ اللهُ عَلَيَّ أَنْ أَعْمَلَهُ قَبْلَ أَنْ يَخْلُقَنِي بِأَرْبَعِينَ سَنَةً؟» قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «فَحَجَّ آدَمُ مُوسَى. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Odam va Muso alayhimassalomlar Robblari huzurida tortishib qoldilar. Bas, tortishuvda Odam Musodan g‘olib keldi. Muso:
«Alloh seni O‘z qo‘li bilan yaratgan, ichingga O‘z ruhidan puflagan, farishtalarni senga sajda qildirgan, seni jannatiga joylagan, so‘ng o‘z xatoying ila odamlarni erga tushirgan Odam senmisan?» dedi.
Shunda Odam:
«Alloh seni O‘z Payg‘ambarligiga va kalomiga tanlab olgan, ichida har bir narsaning bayoni bor lavhlarni bergan va munojot uchun O‘ziga yaqinlashtirgan Muso senmisan? Alloh Tavrotni mening xalq qilinishimdan qancha oldin yozgan deb bilding?» dedi.
«Qirq yil», dedi Muso.
«Unda «Odam Robbiga isyon qildi va adashdi», deganini ko‘rdingmi?» dedi Odam».
«Ha», dedi Muso.
«Sen menga Alloh taolo meni yaratishidan qirq yil oldin yozib qo‘ygan amalni qilganimni malomat qilasanmi?» dedi Odam.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bas, Odam tortishuvda Musodan g‘olib keldi», dedilar».
Imom Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyat qilishgan.
Bu hadisi sharifda eng nozik masalalardan biri bo‘lmish qazoi qadar masalasining eng daqiq joylaridan biri bayon qilinmoqda.
Bu masala Odam Atodan tortib, hatto Muso alayhissalomdek ulkan payg‘ambarda ham savol paydo qilgani haqida so‘z ketmoqda.
Bu masala hatto ikki katta payg‘ambar orasidagi o‘zaro tortishuvga sabab bo‘lgani haqida bayon qilinmoqda.
Bu hadisni muhaddislarimiz turli yo‘llar va turli matnlar bilan chiqarganlar. Ularning hammalari bir-birini to‘ldirib keladi. O‘sha rivoyatlardan birining matni quyidagicha:
«Muso alayhissalom: «Ey Robbim, bizni ham, o‘zini ham jannatdan chiqargan Odamni ko‘rsat», dedi. Bas, Alloh unga otasi Odam alayhissalomni ko‘rsatdi.
«Sen otamiz Odammisan?» dedi.
«Ha», dedi.
«Alloh ichingga O‘z ruhidan puflagan, ismlarning barchasini o‘rgatgan, farishtalarni senga sajda qilishga amr qilgan senmisan?» dedi.
«Ha», dedi.
«Seni bizni ham, o‘zingni ham jannatdan chiqarishingga nima majbur qildi?» dedi.
«Sen kimsan?» dedi Odam.
«Men Musoman», dedi.
«Robbing O‘z payg‘ambarligiga tanlab olgan senmisan? Alloh hijob ortida turib, sen bilan O‘zi orasida maxluqotlaridan elchi qo‘ymay gaplashgan Banu Isroilning payg‘ambari senmisan?» dedi.
«Ha», dedi.
«Sen o‘shaning men yaratilishimdan oldin Allohning kitobida borligini bilmadingmi? O‘zimdan oldin Allohning qazosi ketgan narsada meni malomat qilasanmi?» dedi».
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
«Bas, Odam Musoni tortishuvda engdi. Bas, Odam Musoni tortishuvda engdi. Bas, Odam Musoni tortishuvda engdi», dedilar».
Ochiq-oydin ko‘rinib turibdiki, gap, birinchi hadisni o‘qib, zohiran qaraganda xayolga keladigan fikr haqida ketayotgani yo‘q. Gap Odam alayhissalomning qilgan xatosi Alloh u kishiga majbur qilganidan sodir bo‘lgani haqida borayotgani yo‘q. Odam alayhissalom o‘sha mash’um xatoni qilib, man qilingan daraxt mevasidan eb qo‘yishimda mening aybim yo‘q, demoqchi ham emaslar. Uni Alloh menga majbur qilib bajartirdi, shuning uchun meni malomat qilma, demoqchi ham emaslar. Gap umuman boshqa narsa haqida bormoqda.
Avvalo, Odam alayhissalom o‘z xatosini tan olib, tavba qilgani ma’lum va mashhur. Buni hamma birdek e’tirof qiladi. Qur’oni Karimda Odam alayhissalomning tavba qilishlari haqidagi oyatlar takror-takror kelgan. Odam alayhissalom mash’um xatoni qilib, man qilingan daraxtning mevasidan edilar.
Alloh: «Nima uchun man qilingan narsani eding?!» deb itob qildi. Shunda Odam alayhissalom: «Ey Robbim, O‘zing avvaldan taqdir qilganing uchun edim. Menda ayb yo‘q», demadi. Balki: «Ey Robbimiz, biz o‘zimizga zulm qildik. Agar O‘zing bizni mag‘firat qilmasang, bizga rahm qilmasang, ziyonkorlardan bo‘lamiz», dedi.
Odam alayhissalomdek zot Alloh taologa bir gapni, Muso alayhissalomga boshqa gapni aytmaydi. O‘zidan sodir bo‘lgan bir xato haqida Allohga «ayb menda», deb turib, Muso alayhissalomga «menda ayb yo‘q», demaydi.
Biz o‘rganayotgan hadisda gap Odam alayhissalomning xatosini tan olmasdan, unga qadarni ro‘kach qilayotgani haqida bormayotgani shundan. Unday bo‘lsa, gap nima haqida bormoqda?
Ushbu mavzudagi hadislarni o‘rganib chiqsak, quyidagilar ma’lum bo‘ladi: Muso alayhissalom o‘z davrlarida ko‘p mashaqqatlarni chekdilar. O‘zlaridan boshqa odam farzandlari ham qiyinchilik ichida yashayotganlarini ko‘rdilar.Ayniqsa, Banu Isroilning Fir’avn zulmi ostida turli azoblar chekayotganiga jonli guvoh bo‘ldilar. Albatta, «Bu mashaqqatlar, qiyinchiliklar, azob-uqubatlarning sababi nima?» deb o‘ylaganlar.Oxiri borib, «Odam jannatdan quvilmaganda, shu narsalar bo‘lmasmidi?» degan fikrga ham kelganlar. Hamma baloning boshi Odam Ato sodir etgan birinchi xatoda, degan xayolga borganlar. Shuning uchun ham Alloh taologa murojaat qilib: «Ey Robbim, menga bizni ham, o‘zini ham jannatdan chiqargan Odamni ko‘rsat», deganlar.So‘ngra Alloh taolo u kishiga otalari Odam alayhissalomni ko‘rsatgan va oralarida mazkur tortishuv bo‘lib o‘tgan. Tortishuvni diqqat bilan o‘rgansak, ko‘p narsa ma’lum bo‘ladi.Muso alayhissalom insoniyatning mashaqqat chekishini Odam alayhissalomga yuklamoqchi bo‘lmoqdalar: «Agar sen o‘sha mash’um xatoni qilmaganingda, insoniyat jannatdan chiqmay yuraverar edi, bunchalik qiyinchilik, azob-uqubat va mashaqqatlar bo‘lmas edi», demoqchi bo‘ladilar.Odam alayhissalom esa insoniyatning dunyoga kelishi va mazkur holatda yashashiga o‘z xatolarining aloqasi yo‘qligini isbot qilmoqchi bo‘ladilar.Alloh taolo bu odamlarni Odam alayhissalomning xatosi tufayli yaratgani yo‘q. Insonlarning bu shaklda yashashini taqdir qilgani yo‘q. Bu narsa oldindan belgilab qo‘yilgan edi. Odam alayhissalom tortishuvda shu dalilni keltirdilar. Muso alayhissalom ham bunga qanoat hosil qildilar. Shu tariqa Odam alayhissalom Muso alayhissalomni engdilar.Ushbu hadisi sharifni o‘rganish davomida ko‘pgina hikmatlardan boxabar bo‘ldik. Jumladan, bir mavzu bo‘yicha bitta hadisning sirtiga qarab turib hukm chiqarib yuborish xatarli ekanini yaxshi tushunib oldik.Qadimdan ko‘pchilik nobakorlar ushbu biz o‘rgangan hadisning sirtidan hukm chiqarib:«Odam qadarni ro‘kach qilib ko‘rsatib, Musoni engdi, biz ham gunohimizni o‘z ixtiyorimiz bilan qilayotganimiz yo‘q, Alloh taqdirimizga yozgan ekan, qanday qilamiz», degan bahona qilib kelganlar.Aslida esa Odam alayhissalom butun insoniyatning baxtsizligi uchun javobgarlikni inkor etgan, bu narsa Allohning azaldan belgilab qo‘ygan ilmi asosida bo‘layotganini aytgan ekanlar. Ammo birinchi xatoga yo‘l qo‘ygan chog‘laridayoq, e’tirof etib, tavba qilganlar. Alloh taolo u kishining tavbalarini qabul etgan.«Demak, – deydilar avvalgi ulamolarimiz, – inson o‘z kasbiga javobgar, u Allohning amri bilan bo‘lgan va o‘zining daxli yo‘q narsa uchun malomat qilinmaydi. Olamning mavjudligiga va unda odamlarning tarqalganiga Odam alayhissalomning xatolari sabab ham emas, odamlarning mashaqqatlariga u kishi javobgar ham emas».Demak, nobakorlarning o‘z gunohlariga qadarni uzr qilib ko‘rsatishlari ham to‘g‘ri emas. Agar ular aytgan gap to‘g‘ri chiqib, inson hamma ishini majbur bo‘lib qilganida, dunyoning nizomi tamoman mantiqsiz bo‘lardi. Unda yaxshi bilan yomonning farqi qolmas edi. Chunki yaxshi yaxshilikni majbur bo‘lib qilmoqda. Shuning uchun yaxshiligi unga fazl bo‘la olmaydi. Yomon yomonligini majbur bo‘lib qilmoqda. Shuning uchun yomonligi unga ayb bo‘la olmaydi. Kim nima qilsa, javobgar emas, xohlagan yomonligini qilaveradi.Bu juda ham xatarli fikr, dunyoning buzilishiga chaqiriqdir. Bu – dunyodagi dinlar, shariatlar, payg‘ambarlar, ilohiy kitoblar – hammasi behuda, degan gap. Chunki ular odamlarni yomonlikdan qaytarib, yaxshilikka chaqiradilar.O‘z amaliga qadarni ro‘kach qiladigan nobakorlar esa: «Bularning foydasi yo‘q, insonning faqat oldindan belgilab qo‘yilgan narsani bajarishdan boshqa iloji yo‘q», deydilar.Ushbu fikr qaerda tarqalsa, o‘sha erda balo-ofat ham tarqaydi. O‘sha erda yomonlik hech qanday to‘siqsiz bemalol urchiydi. Har qanday mas’uliyat, javobgarlik osonlik bilan tark etiladi. Oqibatda hamma narsa rasvo bo‘ladi. Tarixda bunga misollar juda ko‘p.Qazoyu qadar aqiydasini tuzatib, asl islomiy holiga keltirish diniy islohning muhim vazifalaridandir. Qazo va qadar aqiydasi avvalgidek musulmonlarni o‘limdan, qiyinchilikdan qo‘rqmay: «Bizga Alloh yozgan narsadan boshqa hech bir musibat etmas», deb olg‘a yurishga chorlashi kerak.Qazoyu qadar masalasi inson o‘z kasbi uchun javobgar ekanini isbot qilarkan, musulmonlarni faqat yaxshilik qilishga, barcha yomonliklarni tark etishga birinchi omil bo‘lishi kerak. Hech kim qazoi qadarni ro‘kach qilib, o‘zini mas’uliyatdan olib qocha olmaydi. Bir o‘g‘ri hazrati Umarga:
«Qazoi qadar shu ekan, o‘g‘rilik qilibman, nega endi qo‘limni kesar ekansan?» deganida, u kishi:
«Sen qazoi qadar ila o‘g‘rilik qilgan bo‘lsang, men qazoi qadar ila qo‘lingni kesaman», dedilar.
Keyin hazrati Umar o‘z vazifadorlariga: «Uni avval o‘ttiz darra urib, so‘ngra qo‘lini kesinglar!» dedilar.
«Nima uchun?» deyishdi.
«Alloh taologa nisbatan yolg‘on nisbat bergani uchun darra uriladi va o‘g‘rilik qilgani uchun qo‘li kesiladi», dedilar.
Qazoi qadar dangasalik, gunohlarni qilishga bahona bo‘lishi mutlaqo mumkin emas. Bu masala ulug‘ ishlarni bajarish va oliy g‘oyalarga erishish unvoni bo‘lishi zarur.
Qadarni qadar ila daf qilish ma’nosini ham unutmaslik zarur.
Ochlik qadari ozuqalanish qadari ila daf qilinadi.
Chanqoq qadari serob bo‘lish qadari ila daf qilinadi.
Bemorlik qadari davolanish qadari ila daf qilinadi.
Hazrati Umar roziyallohu anhu Shomga borganlarida, u erda vabo tarqalganini eshitib orqaga qaytishga qaror qildilar. Shunda Abu Ubayda roziyallohu anhu:
«Allohning qadaridan qochibmi?» dedi.
Hazrati Umar roziyallohu anhu unga:
«Shuni sendan boshqa aytsa bo‘lmasmidi?! Ha, Allohning qadaridan Allohning qadariga qochamiz. Aytgin-chi, agar sening tuyalaring bo‘lsa-yu, ular ikki bo‘lingan bir vodiyga tushsalar. Bo‘laklarning biri serhosil bo‘lsa-yu, boshqasi quruq bo‘lsa, hosildorida boqsang ham Allohning qadari ila boqasan, qurug‘ida boqsang ham Allohning qadari ila boqasan. Shunday emasmi?!» dedilar.
Bu ishda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam va u zotning sahobalari hammamiz uchun yaxshi o‘rnakdirlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam faqirlikka qarshi ish bilan, jaholatga qarshi ilm bilan, bemorlikka qarshi davolanish bilan kurashganlar. U zot mahzunlik, ojizlik, dangasalik kabi holatlardan panoh tilaganlar.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qadar masalasini noto‘g‘ri talqin qilishdan qaytarganlar.
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda u zot:
«Oxiri zamonda bir qavmlar paydo bo‘ladi. Ular ma’siyatlarni qiladilar. So‘ngra «Buni bizga Alloh taqdir qilgan», deydilar. Ularga rad qiluvchi kishi xuddi Allohning yo‘lida qilich yalang‘ochlagan kishi kabidir», deganlar.
Qazo va qadar masalasi to‘g‘ri anglab etilganda va unga to‘g‘ri amal qilinganda musulmonlar o‘zlarining avvalgi shon-shuhratlarini tiklashlari, ana shunda ular dunyoda o‘zlarining munosib joylarini olishlari mumkin. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 17:32 | Savol-javoblar | 156 | Aqiyda