Xomashe, yarim-tayer va tayer maxsulotlardan zakot
Assalomu Alaykum xurmatli ustoz,Zakot xisoblagichda bu narsalar yukligi uchun , savol beryapman. Sanoat korxonasida xom ashe sotvolinib, uskunada ishlov berilib, tayer maxsulot sotiladi. Xar bir paytda korxonada kuydagilar buladi: (1) xomashe, (2) yarim tayer maxsulotlar, (3) tayer maxsulotlar, va (4) xom ashe uchun sotuvchiga oldindan tulab kuyilgan pullar (ammo xomashe xali chet eldan kelmagan). Shularni kay birlaridan zakot tulanishi kerak?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Xom ashyolar, ya’ni dastlabki moddalar, sanoat ishlab chiqarish moddalarini tarkibiga qo‘shiladigan narsalardan zakot berish masalasi. Masalan, mashinasozlikda temir xom ashyo sifatida yig‘ib qo‘yiladi. Sovunchilar xom ashyo sifatida moylarni yig‘ib qo‘yadi. Ana o‘shalardan yilning oxirida sotib olish mumkin bo‘lgan qiymat asosida zakot berish vojib bo‘ladi. Shuningdek, ishlab chiqarish uchun tayyorlab qo‘yilgan hayvonlardan va don hamda nabototlardan ham zakot beriladi.Ishlab chiqarish mahsulotlari tarkibiga kirmaydigan, lekin yordamchi modda hisoblangan narsalardan, misol uchun yoqilg‘idan zakot berilmaydi. Bunday narsalar sobit asllarga qo‘shiladi.Ishlab chiqarilgan va hali bitmay turgan maxsulotlar zakoti. Qilib bitirilgan sanoat ashyolari yoki hali bitmay turgan, endi qilinayotgan narsalardan ham tijorat mollarini zakoti kabi zakotlar beriladi. O‘sha yilning oxiridagi qiymati bilan o‘lchanib, o‘shandan zakot beriladi.
5 May 2022, 08:46 | Savol-javoblar | 153 | Zakot