er karzdor buladimi?

Shayx xazratlari. Sizdan uzim javob topa olmaetgan bir masalani suramokchi edim. Men Rossiya ulkasining bir kishlogida yashayman. Enimda e bir yakin karindoshim, opa-ukam yuk. Birgina yakin odamim bolalarimning otasi javobimni berdi. Eshim 40 ga yakinlashib kolgan. Shu eshda ikki gudagimni etaklab, ota uyimga kaytishim juda uyat.Kup yil bu ulkalarda ishlab pul topdik.Men ikkinchi oila bulganim uchun, xujayindan Siz necha pul topayapsiz, oilangizga necha pul junatiyapsiz deyishga xaddim sigmagan.Lekin uzim ishlab topgan pulimni ota onamga chikarganman. Sababi bolam ularda edi, va dadasi mening otamdan karzdor bulganligi.Shunday kunlar bulganki, u kishining ishlari yurishmay kolganda, mening pulimga yashaganmiz. Buni xech xam minnat kilmokchi emasman. Vaziyat takozo etgani uchun aytiyapman xolos. Bundan tashkari u kishining ishi savdo soxasi bulgani uchun, mendan davomiy ravishda nakd pul olgan, kaytaraman deb. Shu pullar yillar davomida yigilib, anchagina bulib kolgan. Undan tashkari dadamning karzini (ma’lum kismini) men uzganman. Endi karzni kaytaring desam, birinchi aeli bu seni bokkan, ikkita bolanga kushib, nonini eb uyalmaysanmi deyapti. Yana shuni aytishim lozimki men uyga borib kelganimda yul pulini u kishi tulagan.Menga karzingni xisobidan deb aytmagan. Urtada xovli bor. Agar shu xovlini mening eki bolalarimning nomiga utkazsa, men karzimdan kechmasam xam, u kishi karzdan uziladimi? Oilasini bokish erkakning Allox oldidagi karzi emasmi? Men pulimni surab notugri ish kiliyapmanmi?Allox Sizdan va Sizning yakinlaringizdan rozi bulsin!Xazratim,Sizdan iltimos! Begona yurtlarda juda kiyin axvolda koldim.Shu kiyinchilik kunlardan yulimdan adashmasdan, iymon bilan chikib olishimni surab men va farzandlarimga duo kiling...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Oilani boqish erkakning burchi. Siz to‘g‘ri qilmoqdasiz.

3 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar