Qurbonlik kimga afzalroq?
Assalomu alaykum! Yoshim 29 da uylanganman. Onam hayot otam esa olamdan o‘tib ketganlar. Oilada bir o‘zim boquvchiman. Bir qo‘y so‘yib qurbonlik qilishga imkonim bor. Shu qurbonlikni o‘zimga yoki onamga atab so‘yishni qaysi biri afzalroq?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz oldin o‘zingi va onangiz qurbonlik qilishlaringiz vojibmi yo‘qmi bilib olishingiz kerak. Sizning alohida nisobga etgan molingiz va onangizni alohida moli bo‘lsa, ikkingiz ham qurbonlik kilishingiz vojib bo‘ladi.
Nisbga etgan, etmaganini quyidagi maqoladan bilib olasiz:Nisob uch xil bo‘ladi. 1. Zakot berish vojib bo‘lishi uchun nisob;
2. Zakot olmaslik uchun belgilanadigan nisob.
3. Tilanishni harom qiladigan nisob.
Birinchi nisobni belgilashda hojati asliydan tashqari nomiy (o‘sib turuvchi) mollari hisoblanadi. Masalan: tillo, kumush, naqd pullar, tijorat mollari va zakoti berilishi shariatda belgilangan chorva hayvonlari.
Ikkinchi nisobni belgilashda esa, ham nomiy, ham nomiy bo‘lmagan mollarni hisob qilinadi. O‘sib turuvchilari yuqoridagilardan ma’lum. Nomiy bo‘lmaganlari esa, tijorat maqsadida bo‘lmay o‘g‘illar uchun sotib olingan quruq erlar, (o‘zi o‘tirgan uyining yonidagi xonalardan tashqari) ijaraga berilmay bo‘sh turgan uylar, o‘g‘il-qizga berish maqsadida olib qo‘yilib, ularga mulk qilib berilmagan sep-sidirig‘lar(agar ularga mulk qilib berilgan bo‘lsa, olgan o‘g‘il qizlarning nisobiga hisob qilinadi), hech vaqt iste’mol qilinmaydigan suvenir va idishlar, televizor ham hojati asliydan tashqari mol hisoblanadi. Bu narsalar garchi zakot berishda hisobga olinmasada, zakot olishda hisobga olinadi. Kimning hojati asliysidan tashqari yuqorida zikr qilingan narsalari bor bo‘lib, zakot nisobiga etsa, unday kishilarga zakot olish joiz emas. Lekin, zimmasiga qurbonlik qilish, hamda fitr sadaqasini berish vojib bo‘ladi. Birinchi nisobni bilish, zakot beruvchilar uchun zarur. Ikkinchi nisobni bilish esa, ham beruvchi(o‘z o‘rniga berishi uchun), ham oluvchi uchun zarurdir. Chunki bu nisobga ham ko‘p hukmlar taalluqlidir. Masalan, sadaqai fitr berish va qurbonlik qilish vojib bo‘ladi. Sadaqa olmaslik (hadya bo‘lsa joiz), nazr qilingan go‘shtni emaslik, nazr qilingan narsalarni olmaslik kerak bo‘ladi.
Uchinchi nisob bir kunlik eguligi bo‘laturib, tilanchilik qilishi harom bo‘lgan nisobdir. (Umdatul fiqh).Moli nisobga etmagan kishi o‘z xohishi bilan qurbonlik qilsa, bu nafl qurbonlik bo‘ladi. Uni kimni nomidan qilsa, o‘zining ixtiyori. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 08:40 | Savol-javoblar | 148 | Boshqa ibodatlar