Jinsiy yaqinlik odoblari toʻgʻrisida
Assalomu alaykum! Yaqinda uylanish arafasidaman. Baxtiyor oila kitobini oʻqib chiqdim. Hozir esa fiqh.uz saytidan iqtibozlar keltiraman. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Birortangiz ahliga (jimo niyatida) kelsa (avratini) berkitsin. Agar berkitmasa farishtalar hayo qilib chiqib ketadilarda u Shayton bilan qoladi. Agar oralarida farzand vujudga kelsa unda Shaytonning ham nasibasi bo‘ladi.» (Tobaroniy. Bazzor Abu Hurayradan).1) Yuqoridagi hadis sahihmi?2) Avratini koʻrsatmasin degan maʼnoda kelgan menimcha bu ammo avratlariga koʻzi tushsa bir-birining baribir shaytonning nasibasi boʻladimi? (Ataylab suqlanib emas albatta ayniqsa ayol erinikiga emas er ayoliga yaqinlashayotganda, boshqa holatda emas)Jinsiy yaqinlikdan oldin aytiluvchi duosi bor ediku shayton yaqinlashmaydigan shuni aytsachi?3) Yahudiylar erkak ayolning orqa tarafidan old farjiga yaqinlik qilsa bolasi gʻilay boʻlib tugʻiladi degan uydirma gaplari boʻlgan ekan. Keyin Alloh taolo baqara surasidagi 223-oyatni nozil qilgan ekan. Demak ayolining farjida qay tariqa boʻlsa ham orqadanmi, oldindanmi bemalol qoʻshilish mumkin toʻgʻrimi?Navbatdagi iqtiboz:Boshqa bir rivoyatda «Eshshakka o‘xshab qip yalang‘och bo‘lmasinlar» deyilgan. Janobi Rosululloh, qip yalang‘och bo‘lib olishni eshshakka o‘xshatishligida, bu holatni yaxshi emasligi malum bo‘ladi.1) Shu hadis ham sahihmi?2) Qoʻshilish paytida erkak va ayol ikkalasi maykami yengilroq kiyim kiyishi shartligi kelib chiqadimi (ayniqsa yozda issiq kunlarda)?3) Ustilaridan yopinchiq tashlab aloqa qilsa ham yalangʻoch hukmida boʻladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Farishtalar uch o‘rinda insondan hayo qilib ajrab turadilar. Hojatxonada, er-xotin yaqinlik qilayotganida va hammomda. Shuning uchun u ishlardan avval duo qilishga buyurganlar. Bismillahni aytishga buyurganlar. Sahih. 2). Sahih. Shuning uchun kiyimlari echilgan vaqtda ustilaridan biror yoping‘ich tashlab olish kerak. 3). Bo‘lmaydi.
21 Aprel 2022, 11:23 | Savol-javoblar | 177 | Dolzarb savollar