To‘g‘ri qildimmi?

Assalomu alaykum! Ustozlar sizlar bilan bog‘lanishni juda uzoq vaqt intizor bo‘lib kutdim. Sizlar bilan aloqada bo‘lib o‘rganib qoldik biz muhlislaringiz. Aziz qadrli uztozlar! Menda bir ajoyib voqea yuz berdi. Rossiyada savdo bilan shug‘ullanamiz. Bir kuni er va xotin g‘ayridin bo‘lgan juftlik mijoz keldi. Ular meni musulmon ekanimni bilishdi. U erkak menga bir kitobcha taqdim qildi. Aytdiki «Sen bu kitobni o‘qib ko‘r» deb o‘zini Injil deb nomlagan kitobchasini berdi. Shunda men shu zahoti “Men musulmonman sizning kitobingizni ololmayman. Mening o‘z kitobim bor. Bizda Qur’on, bizda Muhammad sollallohu alayhi vasallam” dedim. Shu payt menga shunday shijoat berdi. O‘zimdan o‘zim so‘zlay boshladim. Uni ba’zi tanishlarim olib ham qo‘yishar ekan. Ustozlar men o‘yladimki bu ishlari noto‘g‘ri. Bizni Muqaddas dinimizni behurmat qilishgan deb hisoblayman. Axir ular bilishib turibdi, shunday davom etsa bo‘ynimizga xochlarini ham ilib ketishdan toyishmaydi. Ustozlar men xato qilmadimmi? Yana shunday vaziyatlar bo‘lsa qanday muomala qilish kerak? Chunki tez-tez uchrab turadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz xato qilmagansiz. Yana shunday holat bo‘lsa ularning so‘zlariga quloq solmanglar ham bergan narsasini olmanglar ham. Shunday muomalada bo‘lsangiz sekin-asta kelishlari kamayadi. Iloji boricha uni o‘zini ham islomga chaqiringlar. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 21:56 | Savol-javoblar | 147 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar