Kitob do‘koni

Assalomu alaykum!Hilol-nashrining marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ulkan ilmiy meroslarini yoyishga xizmat qilayotgan do‘konlari soni yana bittaga ko‘payganini biz muxlislar ramzon tuhfasi sifatida qabul qildik. Buning mamlakatimizdan tashqaridaligi xursandchiligimizni oshirdi. Yurtimizning ko‘plab viloyatlarida bunday kitob do‘konlari faoliyat olib borayotgan bir paytda, ayrim viloyatlar bundan mosuvo qolmoqda. Bu esa o‘sha viloyatlardagi kitobxonlarga kitoblarning etishmasligi, narxlarning qimmatligi kabi ayrim noqulayliklar keltirib chiqarmoqda. Bunday noqulayliklarni oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rilmoqdami? Hilol-nashri do‘konlari faoliyatini viloyatlarda yanada kengaytirish rejada bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirda viloyatlarda filial ochish rejamiz yo‘q. U erlarda faoliyat olib borayotgan yoki yangi ochilayotgan kitob do‘konlar bilan hamkorlik qilib ishlashni reja qilganmiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:37 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar