Mast holatda taloq

Assalomu alaykum! Erim 7-8 yil oldin mast xolatda manga taloq bergan edi, keyin qayta nikox o‘qitib yashab yurgandik, yaqinda yana taloqsan ket dedi(yana mast xolatda). Ota uyimda yashayapman, erimni dindan xabari yo‘q, ko‘p ichadi, xech qaerga ishlamaydi, uydagi jixozlani chiqarib sotib ichib yurgani uchun yana uyga qaytmoqchiman(chunki bir o‘zim ishlayman, o‘zim sotib olishimga to‘g‘ri keladi yana). Endi yana nikox o‘qitishimiz kerakmi? Agar Alloh asrasin yana aytivorsa uch taloq tushadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq tushadi. Agar avvalgilarda uch taloq so‘zini aytmagan bo‘lsa yana aytsa uch taloq tushadi. Nikoh o‘qitishingiz joiz. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 09:08 | Savol-javoblar | 178 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar