Ayollar va erkaklar

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, ba’zi hollarda bizning ayollarimiz ayolliklariga borib ko‘p xato ishlar qilib qo‘yishadi. Hijobga kirishadiku ammo boshqa ayollarga va moda ketidan taqlid qilishadi. Ba’zi bir ayollardan esa hatto biz erkaklarning uyat oriyatimiz kuchliroq. Nega biz erkaklar Qur’on, hadislar va Payg‘ambarlar haqlarida qiziqib ko‘p o‘qiymiz ammo ayollar fakat psixologiya, romantika kabi har xil bo‘lmag‘ur narsalarni qizikib o‘qishadi? Savolim: Ayollar solihalik, iymon va taqvo kabi ulug‘ ne’matga erishishlar uchun qanday yo‘l tutish kerak? Qandaydir kitob bormi ularni butkul o‘zgarishlariga sabab bo‘ladigan? Qur’onni hali o‘qib tushunishmayabdi. Olindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Erlari shu narsalarni talab qilishi kerak. Chunki har bir narsa talabga qarab bo‘ladi. Erlar shirin taom talab qilgani uchun to‘garaklarga borib ovqat va shirinliklar pishirishni o‘rganishadi. Erkaklardagi taqvoga bo‘lgan o‘sha talab ovqatchalik bo‘lganida edi, ayollar shunga ham harakat qilishar edi. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 11:23 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar