Ustozimni bergan pullari

Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni bundanda ziyoda aylasin. Men qurilishda ishlayman. Ishim hat hujjat bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ko‘chaga ish yuzasidan juda ko‘p chiqaman. Ish bilan shaxsiy mashinamda yuraman benzin ham o‘zim sotib olib quyaman bunga ishxona tarafidan hech qanday moddiy ta’minot manbai yo‘q. Ho‘jayinlarga buni aytishni hojati ham yo‘q baribir benzinga yo‘l harajatlariga pul ajratishmaydi (mendan oldingilar so‘rashgan). Oylik maoshim esa bu yo‘l harajatlatini qamrab olgan emas. Ustozim esa menga ba’zi ba’zida benzin quyib ol deb pul berib turadilar. Avvallari bu pullar ishxonani pullari va u noto‘g‘ri yo‘llar bilan kelishini (harom yo‘l bilan topilayotganini) bilardim ammo olib quyib yuraverardim ishxona ishlari uchun faqat. Hozir esa ustozim unday ishlar qilmayaptilar va menga o‘z oylik hisoblaridan ularning ishlariga yordam berayotganim uchun "benzin quyib ol" deb pul berib turadilar (hatto men pul yoki benzin so‘ramasam ham) 1). Men bu pullarni olib haromga aralashib qolmadimmi? 2). Agar harom bo‘lsa bu pullarni qaytarishim kerakmi? 3). Hozirgi holatda pul halol joydan topilayotgan vaqtda nima qilishim joiz? Pulni olishim mumkinmi yoki yo‘q?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ustozingizga qaerdan kelayotgani halolu, qaerdan kelayotgani haromligini bilmaymiz. Agar haloldan bersa halol, haromdan bersa harom. Siz u kishini oladigan halol maoshidan olsangiz joiz. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 08:13 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar