Reklama ishidishidan kelgan pul halolmi?

Assalomu alaykum! Menga xolam Turizm biznesi taklif qilyapti. A’zo bo‘lish uchun 290 $ to‘layman va orqamdan yana 2 ta odam topib a’zo qilaman. Menga esa buni evaziga qanchadur pul chiqadi, topgan odamlarim ham ortidan odam a’zo qilsa ulargayam pul chiqadi. Shu tariqa zanjir holatida ketaveradi. Turizmni reklama qilish biznesidan kelgan pul bizga halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu ish halol emas. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 09:19 | Savol-javoblar | 140 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar