Juma nomozi ayollarda

Assalomu alaykum! Doim 2 rakat juma namozini o‘qiyman, lekin ikki kishidan ayollar juma namozi qimaslik kerakligi, faqat doimgidek farz va sunnat o‘qilishini eshitdim. Yana juma namozini o‘qiganda peshin namozining farz va sunnat namozlar o‘qilmasligi haqida ham aytishdi.  Iltimos shu haqida oydinlik kiritib bersangiz. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Juma namoziga biror shar’iy uzr sabab bo‘lib borolmaganlar peshin namozini o‘qishlari farz. Jumladan ayollarga ham. Agar ayol kishi juma namoziga ishtirok etsa, agarchi bizni mazhabda makruh bo‘lsada, ikki rakaat o‘qiydi. Sunnatlarini ham albatta o‘qiydi. Jum’a o‘qigan kishi peshin o‘qimaydi.  Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 07:40 | Savol-javoblar | 142 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar