Sabr qila olmay qoldim

Turmush o‘rtog‘im mendan 20 yosh katta. Etim bo‘lganim uchun katta odamga turmushga beraverishgan. Meni ota-onam boqib olganligi uchun uncha hurmat qilmaydi, mensimaydi. Biror xato ish qilsam “haromisan, harom hech qachon halol bo‘lmaydi” deb uradi. Ajrasha olmayman, chunki 3 ta bolam bilan boradigan joyim yo‘q. Payg‘ambarimiz (s.a.v): “Kimki ul etim mening xos ummatim” degan ekanlar. Turmush o‘rtog‘im meni boqayotgani uchun kamsitishga haqqi bormi? O‘zi shunday deydi. Nima qilay, sabr qilishga kuchim etmay qolayapti.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Haqqi yo‘q. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “yaxshilaringiz xotini urmaydi”, deganlar. Xotinini urganlar yomon va nomard odamlar bo‘ladi.

26 May 2022, 17:09 | Savol-javoblar | 133 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar