Irm-sirimlar
Assalomu alaykum! Sizlarga Allohning o‘zi madadkor bo‘lsin. 1-savolim shuki, xalq orasida iys qilish (cho‘zma pishirib xalqni chaqirish), baxshilarga qoqtirish degan narsalar bor. Shular dinga to‘g‘ri keladimi? Baxshilar ham Alloh o‘zi asrasin deb duo qilib qoqishadi. Shu to‘g‘rimi? 2-savolim tuya tovon degan narsa bor (ya’ni agar kimningdir bir necha farzandi ketma-ket o‘lib qolaversa tuyaning tovonini qonlab qo‘ysa bola vafot etmas ekan, bu narsa nasldan-naslga o‘tarmish, tuyaa tovon qilingan odamning farzandlari har yili uni qonlab turishi kerak emish). Shularga javob bersalaringiz xursand bo‘lardim. Iloji bo‘lsa Musilmonlar idorasiga murojaat qilib juma ma’ruzalarida shu narsalarni xalqqa tushuntirishsa afzal ish bo‘lardi. Xalq orasida bu ishlar avj olganligi ichun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikki so‘raganingiz ham musulmonning e’tiqodiga zid. Hamma narsa Allohning irodasi va qudratiga bog‘liq. Hamma vaqt yolg‘iz O‘zigagina iltijo qilish O‘zidangina yordam so‘rash kerak. Undan boshqa barchasi firibgar. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 09:52 | Savol-javoblar | 133 | Turli savollar