NL kompaniyasi

Assalomu alaykum! Savolim NL tarmokli marketing kompaniyasi xakida. Men yakinda bu kompaniyada ish boshladim. Ishlashimning sababi bu kompaniyada aynan biznes xalolligi to‘g‘risida Xalol sertifikati bor! 1. Sertifikat Rossiya musulmonlari idorasi tomonidan berilgan. Musulmonlar idorasi xar bir davlatta xar xil boladimi? Istalgan insonni Shayx deb saylamasalar kerak Albatta...? Bu kompaniyada ish boshlayotganda umuman pul sarflanmaydi, shunchaki ruyxattan utib ish boshlayveradi. Maxsulot kancha sotganiga karab unga oylik tushaveradi. Sotilgan maxsulotlardan tushgan pullarning bir kismi bolalar uyiga konuniy tarzda xayriya kilinadi xattoki maxsulotning kadoklarida xam bu xakida yozilgan. Maxsulotlar Uzb. ga tamojnya orkali konuniy kirib keladi. Barcha viloyatlardagi dukonlari konuniy shaklda ochilgan. Davlat solik tizimi xam maxsulotlar savdosini katiy nazorat kiladi. Barcha sertifikat xujjat ruxsatnomalari bor. Ishlash rejimiga keladigan bulsak, xakikattan xam un kup vaktim ketmaydi, chunki asosiy ishim xam bor. Orada bush vaktimda kirib xavar olib kuyaman. Buyurtma bulsa, kompaniya etkazib berish xizmatini xam yulga kuygan. Onlayn darslar uchun maxsus dasturlar xam ishlab chikilgan. Sayt orkali, ishlaydigan dasturimiz (prilojenie) orkali darslarni urganamiz. Xattoki mijozni registratsiya kilib, mijozimiz shaxsan uzi xarid kilishi uchun xam sharoit yaratilgan. Maoshimiz kattalashganda YaTT ochilib xar bir menedjer konuniy solik tulab ish olib boradi. Piramidaga keladigan bulsak, taklif kilgan menedjerlarimizga tizimni 0 dan tushuntiramiz, shaxsiy tajribamizga kura ularga dars beramiz. Ammo, ular bizdan kuprok ball toplashsa ulardan xech kanday foyda olmaymiz. Menedjerlarimiz usgani sari biz xam usishimiz talab kilinadi. Yani ularni malum bir darajaga etib pul topishga urgatmagunimizcha bizga xam foyda yuk va ular urganib bizdan kura yaxshirok ishlashsa xam foyda yuk. 2.Bu kompaniyani ishlash tizimini urganib chikib Uzb. xalki uchun aniklik kiritib bera olasizmi? Biznes Xalolligi to‘g‘risidagi sertifikati kupchilikka ishlash uchun makul kelayapti. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tarmoqli marketing savdosi joiz emasligiga butun dunyo islom ulamolari ittifoqi fatvo berganlar. Ular dunyoning eng etuk islom iqtisodiyotining mutaxassislar, shariat ilmini to‘liq egallagan, taqvoda, amalda ko‘p sinalgan insonlar hisoblanadilar. Ularga o‘zlarining ustozlari tomonidan fatvoga ijozat berilgan. Siz aytgan “shayx”lar bu sohaning mutaxassisi hisoblanishmaydi. O‘sha etuk ustozlardan ijoza olmaganliklari ham aniq. Hozir shayx degan laqabni odamlar o‘zlariga o‘zlari ham qo‘yib olishmoqda. Shariatimizda “alg‘unmu bilg‘urmi” deyilgan. Ya’ni tikilgan riskka qarab foyda olinadi. kishi daromad olishi uchun yoki pul tikishi kerak yoki mehnat qilishi kerak yoki biror narsasini ijaraga berishi kerak yoki o‘zi mehnat qilib biror narsaga dallollik qilishi kerak. Shu dallollik qilgani uchun ham bir marta haq olishga haqli bo‘ladi. domiiy “dolya”ga o‘tirib olish shar’an joiz emas. Qolaversa bu tarmoqli marketinglarda sotiladigan mollarda g‘abni fohish degan narsa bor. Ya’ni arzimas narsani o‘ta darajada pul qilish, odamlarni ahmoq qilish degan narsa bor. Yuqoridagi ham keyingisi ham harom amal. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 10:02 | Savol-javoblar | 164 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar