Opamning nikohi nima bo‘lgan

Assalomu alaykum! Opamni iltimosi va savoli bor ekan opam 6 yil oldin turmush qurgan edi. 3 uylanib ajrash ekan buni bilmagan edik sababi u odam Moskvada yurardi. O‘sha erni fuqorosi bo‘lib ketgan ekan to‘ydan kegin bildik. Opa mayli peshonamda bor ekan deb oilasini buzmadi. Ular 2 qiz farzandlik bo‘lishdi. Bu xayoti davomidi opamni ko‘p azob beribdi. Xamma xam adashadi uyda biron nimani noto‘g‘ri qilib qo‘ysa xam chiqib ko‘chada o‘zini xotini oshna og‘aynilariga yomonlar ekan. Shu orada 3 sobiq xotini oraga tikala boshlabdi. 3 talogini olib ketgan ekan aslida u xotin opami eri, 2 ta qiziga qaramay o‘sha xotin bilan yashash maqsadida opamni xayday boshlabdi. O‘tirsa o‘poq tursa so‘poq qilib opam bollarni o‘ylang, otasiz qo‘ymang. Mayli o‘sha xotin bilan xam yasheng, men bilan xam dep xamma narsaga rozi bo‘lsa xam unamapti. Oxiri opam ilojsiz onamni uyiga moskvadan qaytib keldi. Opam yomon ayolmas 5 maxal namozini o‘qib uyda o‘tirgan ayol. Savoli shuki eri ket xayotini qil erga tek bollar kichkina vaqtida tegib yasha degan ekan onamnikiga kelgan maxal xam rosa yalinib bollarizi o‘yleng, yashelik desa xam nechi marotaba “erga teg dedim senga sen bilan yashamiman sen menga xaromsan” depti. Opami xaridori ko‘p, yaxshi ayol bo‘lgani uchun ajralganini eshitib og‘iz solishyapti. Opam eri taloq qilmaganku dep o‘ylanib qoldi. Eri o‘sha erga teg sen menga xaromsan biroga tegib yasha degan gapi taloqqa kiradimi, javobini bergan xisoblanadimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloqqa kiradi. O‘shandan beri uch hayz ko‘rib poklangan bo‘lsa boshqaga turmushga chiqishi mumkin. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 10:02 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar