Haj Badal haqida

Assalomu alaykum Shayh hazratlari. Alloh ilmingizni bundan ham ziyoda qilsin. Bir savolimiz bor edi. Holamla yaqinda Hajga borib keldila. (Alloh o‘zi qabul qilsin.) Shu munosabat bilan rahmatli Ota va Onalarini ham haj badal qildirmoqchi bo‘ldilar. Shunda Ellikboshi o‘sha erdagi 10 kun haj badal qilinishi kerak bo‘lgan odam uchun amallarni bajaradigan odam toping. Faqat o‘shanda haj badal qabul bo‘ladi. Faqat pulini olib muhrni ham qo‘yib beradiganlarga qildimang - haj badal bo‘lmaydi, quruq qog‘oz bo‘lib qoladi deb aytibdi. Bu gapdan so‘ng holamlar haj badal qildirmay keldila. Shunga oydinlik kiritish uchun sizdan so‘ramoqdaman. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha odamning aytgan gapi to‘g‘ri.

5 May 2022, 10:13 | Savol-javoblar | 155 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar