Qabristonda Qur’on o‘qish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Savolim quyidagicha : men bir kuni bir janozada qatnashdim, mayyitni qabirga qo‘yib bo‘lgandan so‘ng bir domla qabrning bosh tarafida tik turgan holda Qur’on tilovat qildi. Men u imomdan “buning biror bir hikmati bormi? O‘zi qabristonda, qabrning oldida o‘tirgan holda duo va tilovat qiladimi yoki tik holatdami” deb so‘rashga imkon topa olmadim? Bularning qaysi biri afzal?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon biror mayyitning dafnidan foriq bo‘lsalar, qabr tepasidan turadilar va : “Birodarlaringizga mag‘firat so‘ranglar va uni sobit bo‘lishini so‘ranglar. Chunki u hozir savol qilinayapti” der edilar. (Abu Dovud rivoyati).
Shunga binoan dafndan keyin qabr tepasida turish va mayyitning haqiga duo qilish mustahab hisoblanadi. Ulamolarimiz duo qilish bilan birga tilovat qilishni joiz deganlar. Uni tik turganda qilinadimi, o‘tirgan holdami, qiblaga yuzlangan holdami yoki yuzlanmagan holdami farqi yo‘q. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:05 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar