Islom dinida mehmonxona

Assalomu alaykum! Mehmonxona ochmoqchi edik, lekin bilamizki unda g‘ayridinlar ham mehmon bo‘lishadi. Biz ularga spirtli ichimliklar sotmaymiz, lekin ular o‘zlari bilan olib kelib ichishsa bizlarga uning gunohi tegadimi? Islomda buning hukmi qanday bo‘ladi? Javob uchun oldindan rahmat. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘zlaringiz sotmasangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 10:13 | Savol-javoblar | 153 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar