Hadisda masx tortish haqida
Assalomu alaykum! Man musofir yurtdaman. Va buerda masjidgaham chiqib turamiz. Uerdagi pokistonlik imom har bomdod nomozida imom Buxoriydan sahih hadislarni bizga etkazib turadi. 1 kuni u imom paypoqqa masx tortsa bo‘ladi deb hadisdan isbot topib berdi. Adashmasam Ali roziyallohu anhu bilan bo‘lgan ekan bu voqea. Buni ko‘rib biz o‘zbeklar bu bizning mazxabda mumkin emas, suv shimuvchi va 3 kunlik yo‘lga dosh bermidigon oyoq kiyimlarga masx tortish mumkin mas deb aytgandik. Qani bunga sabab qani deb isbot so‘radilar. Islom bu engillik dedilar. Sizlar mazxabga ergashasizlarmi yo hadisgami dedilar. Man o‘zingizning imomingizni sahih hadislaridan dalil keltirdim dedilar. Savol; Bizning mazxabda nimaga asoslanib paypoqqa masx tortish mumkinmas?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar “o‘sha masalalarni aytgan kishilar hadisga ergashmagan deb ayta olasizmi” deb so‘ranglar. Agar “ha” desa g‘irt tuhmatchi bo‘ladi. O‘sha kishiga “Agar biz bananni yaprog‘idan paypoqqa o‘xshatiboyog‘imizga o‘rab olib, o‘tirib, keyingi namozni vaqti kirganida o‘shanga mash tortsak bo‘ladimi” deb so‘ranglar. Agar “ha” desa ham “yo‘q” desa ham daliliga hadis so‘ranglar. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 18:17 | Savol-javoblar | 160 | Hadislar