Quyosh chiqayotganda namoz o‘qish
Assalomu alaykum! Hurmatli ilm sohiblari, Man bir domlaning Makrux vaktlarda nafl nomozlarini o‘qib bo‘lmaydi degan gaplarini eshitib qoldim. Mening savolim makrux vaqtlarda qazo namozini o‘qib olsa bo‘ladimi? Misol uchun bomdodga uxlab qolib quyosh chiqvotgan vaqtda turib qolsa farzini o‘qib olsa bo‘ladimi? Agar mumkin bo‘lsa iloji bo‘lsa dalilni ham yuborsangiz, iltimos. Chunki men shunday vaqtlarda bomdodni o‘qaganimda bar tanishim o‘qib bo‘lmaydi degandilar. Man Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kim bomdodga uxlab qolsa turishi bilan o‘qib olsin deganlariga amal kilib kelardim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Taqvimda quyosh chiqish deb belgilab qo‘ygan vaqt kirishi bilan quyoshning yuqori qismi ko‘ringan bo‘ladi. Quyosh hadisda kelganidek bir yoki iki nayza yuqoriga ko‘tarilmaguncha hech qanday namoz o‘qish mumkin emas. Chunki hadisga binoan bu vaqtda shaytonga ibodat qiluvchilar unga ibodat qilishadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir hadislarida uxlab qolgan esiga tushgan vaqtda o‘qisin degan bo‘lsalar, boshqa bir hadisda quyosh chiqish, tikkaga kelish va botish vaqtida o‘qimasin deganlar. Fuqaholar ikki hadisni tatbiq qilib, “namoz o‘qilmaydigan vaqtdan boshqa vaqtda o‘qisin” deganlar. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا تَحَرَّوْا بِصَلَاتِكُمْ طُلُوعَ الشَّمْسِ وَلَا غُرُوبَهَا، فَإِنَّهَا تَطْلُعُ بِقَرْنَيِ الشَّيْطَانِ. وَفِي رِوَايَةٍ: إِذَا طَلَعَ حَاجِبُ الشَّمْسِ فَأَخِّرُوا الصَّلَاةَ حَتَّى تَرْتَفِعَ، وَإِذَا غَابَ حَاجِبُ الشَّمْسِ فَأَخِّرُوا الصَّلَاةَ حَتَّى تَغِيبَ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالنَّسَائِيُّ Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Namozingiz ila quyoshning chiqishini ham, botishini ham namoz vaqti qilib olmanglar. Chunki u shaytonning shoxlari orasidan chiqadi», dedilar». Yana bir rivoyatda: «Quyoshning qoshi chiqsa, namozni u ko‘tarilib bo‘lguncha kechga suringlar. Quyoshning qoshi botsa, namozni u botib bo‘lguncha kechga suringlar», dedilar». Ikki Shayx va Nasaiy rivoyat qilganlar. Sharh: Ushbu rivoyatdagi «quyoshning qoshi» iborasidan murod, quyosh doirasining bir tarafi – qoshga o‘xshab egilgan joyi tushuniladi. Hadisdan olinadigan foydalar: 1. Quyosh chiqayotgan vaqtda namoz o‘qimaslik. 2. Quyosh botayotgan vaqtda namoz o‘qimaslik. 3. Quyoshning bir tarafi chiqib, ko‘ringanidan keyin u to to‘liq ko‘tarilib bo‘lguncha namoz o‘qimay turish. 4. Quyoshning bir tarafi botganidan keyin to u to‘liq botib bo‘lmaguncha namoz o‘qimay turish. 5. Mazkur vaqtlarda namoz o‘qib bo‘lmasligining sababi «Chunki u shaytonning shoxlari orasidan chiqadi» degan ibora bilan bayon qilingan. Imom Muslimning rivoyatida: «Va kofirlar unga sajda qilurlar» jumlasi ziyoda kelgan. Demak, quyoshparastlar quyoshga u chiqayotgan va botayotgan paytda sajda qilar ekanlar. Shayton esa o‘sha joyda turib olib, ular menga sajda qilyaptilar, deb masxara qilar ekan. Ana shu kofirlarga o‘xshamaslik uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam musulmonlarni mazkur vaqtlarda namoz o‘qishdan qaytarganlar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 11:23 | Savol-javoblar | 255 | Ibodatlar