Ka’ba haqida
Assalomu alaykum! Bir narsa ko‘p yillardan beri qiynab kelmoqda. Bir rus millatli qo‘shnim nima uchun musulmonlar namoz o‘qishganda qora kub(ka’ba)ga sig‘inasizlar deb so‘rab qoldi. Yosh edim, nima deb javob berishni bilmay “Buni Alloh buyurgan, negaki namozda tartib bo‘lishi uchun, yo‘qsa hamma hohlagan tarafga qarab o‘qiydi. Islomda tartib intizom birinchi o‘rinda” deb aytdim. Qo‘shnimga tushuntirishda hato qilib gunohga botib qolmadimmikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmonlar u yoqqa sig‘inmaydi, hamma bir intizomga amal qilishi uchun bir tarafga yuzlanishlariga buyurilgan. Ka’ba buzilib ketsa ham o‘sha tomonga qarab namoz o‘qishadi. Aslida Islomning intizomiga ahamiyat bergan kofirlar Allohning bu intizomidan hayratda qolishadi. Mukammal darajada dasturul amal tuzilgan. Insonlarning o‘z xohishlariga qo‘yib berilganda kimlardir hozirgi qilinayotgan to‘ylarga o‘xshab palapartishlik, hatto ba’zilar xotinining elkasiga minib namoz o‘qishni ham joriy qilgan bo‘lar edi. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 19:29 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar