nusha ko‘chirishning barcha turlari, iqtibos olish va sotish shar’an harom,
Assalamu aleykum, Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari,Avvalambor Sizdan uzr so‘rayman, men beradigan kabi savollar bilan Siz to‘qnash kelgansiz. Men berilgan savollar va ularga Siz tomoningizdan berilgan javoblarni o‘qib chiqdim. Ular ichida o‘zimga kerakli ma‘lumotni topa olmadim. Shu sababli, javob istagida savollarimni Sizga yuborishga qaror qildim. Hozirda Sizning muallifligingizda bir qancha disklar sotuvga chiqdi. Ularning ba‘zilarini men ham harid qildim. Disk qutisining orqa tomonida "Muallifning ruhsatisiz nusha ko‘chirishning barcha turlari, iqtibos olish va sotish shar‘an harom, qonunan mann etiladi" degan yozuv bor. Mening savollarim ham shu yovuzga asoslangan. Sizdan iltimos bu savollarga javob olishimda yordamingizni ayamasangiz. 1. Diskni o‘zim foydalanishim uchun uyimdagi va ishxonamdagi komyuterga, uyali aloqa vositamga, mashinada eshitish uchun disk yoki boshqa hotira vositasiga nusha ko‘chirsam ruhsatmi? 2. Diskdan foydalanaverilgandan so‘ng va vaqt o‘tishi bilan yaroqsiz holga keladi. Bunday holda yangisini sotib olishim kerakmi, yoki buni oldini olish maqsadida hotira vositalariga ko‘chirib qo‘ysam ruhsatmi? 3. Yaqinlarim, ya‘ni ota-onam, aka-ukam, opa-singlim, ayolim va farzandlarim foydalanishlari uchun nusha ko‘chirib bersam ruhsatmi? 4. Ba‘zida qarindoshlarim, do‘stlarim va hamkasblarim ularga diskdan nusha ko‘chirib berishimni so‘rashadi, bunday holda nusha ko‘chirib bersam ruhsatmi? 5. Bu ruhsatlarni Sizdan har kim o‘zi uchun o‘zi so‘rashi lozimmi, yoki Sizning ruhsatingiz bu savollarni bermoqchi bo‘lgan barcha uchunmi? Avvaldan tashakkur, Alloh ilmingizni va martabangizni yanada ziyoda qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Disklarni men emas, boshqa bir tashkilot chiqargan. Haq ularniki.
3 May 2022, 03:36 | Savol-javoblar | 189 | Kitoblar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Disklarni men emas, boshqa bir tashkilot chiqargan. Haq ularniki.
3 May 2022, 03:36 | Savol-javoblar | 189 | Kitoblar