Tayammum qilish joizmi?

Assalomu alaykum! Men talabaman, asosan darsga vaqtida etib borish uchun uydan 6:00 da chiqib ketishim kerak. Darsim 13:30 dan keyin tugaydi. Hozir esa darsdan keyin ishlashim kerak. Bu vaqt oralig‘ida ertalab olgan tahoratim buzilib qoladi. Universitetda esa tahorat olishga imkon yo‘q. Ammo men namozimni qazo qilib qo‘yishni ham istamayman. Ishga borishim kerak bo‘lgani sababli uyga kelib ketolmayman. Savolim shuki, bunday vaziyatda universitetda namozimni o‘qib olib ishga ketishim uchun tahorat qilishga imkon yo‘qligi sababli tayammum bilan ado etsab bo‘ladimi? Yana shuni ham aytib o‘tishim kerakki, suv bor lekin xojatxonada va sovuq, oyoq yuvishga imkon yo‘q, bundan tashqari oyoqlarim og‘ridi, shu sabab sovuq suvga tahorat qilish sog‘ligimga salbiy ta’sir qiladimi deb o‘ylayapman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Musulmon kishi doimo namozini g‘amni qilib yurishi kerak. Tahorat uchun juda borsa 1 litr suv ketadi. Hozirgi kunda kichik termoslar chiqqan. Siz bir sukmacha qilib (rukzak) unga o‘sha termos issiq suv solib olsangiz bo‘ladi. Bitta kichikroq sochiq ham solib oling. Shulardan foydalanib tahorat olishingiz kerak. Sizga tayammumga uzr yo‘q. Oyog‘ingizga mash tortsa bo‘ladigan mahsi-paypoqlar bor o‘shandan kiyib olsangiz, oyogingizni yuvmay, mash tortib tahorat qilaverasiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 150 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar