Otaga oq bo‘lib qolmadimi?
Assalomu alaykum! Bir yaqin kishim, vijdon azobida sizlardan so‘ramoqda: 3-4 kun avval otasi bilan urushib qolib, jaxl ustida olishib ketib, otasini (sekin) yiqitibdi. Bu janjalga sabab, otasi juda ko‘p ichib kelib, kechasi onasini urgani ekan. Onasini peshonalariga kallasi bilan urib g‘urra qilgani, ikki, uch kundan buyon xadeb ichib kelib janjal ko‘tarib uydagilarni ezishidan qattiq asabiylashib ketibdi. "Otam o‘zi yaxshi inson, faqat oxirgi vaqtlar ko‘p ichib, qo‘pol gaplar gapirib, so‘kinib janjalkashroq bo‘lib qolgan. Xayot kiyinchiliklarimi yoki erkalikmi? O‘rtoqlari xam xar kuni ichadi. Pensiyani olgandan ichish boshlanadi" deydi u. Ertasi kuni otasidan uzr so‘rabdi, otasi uni kechiribdi va otasi xam uzr so‘rabdi. Lekin, qalban juda ezilayapti, qilgan ishidan pushaymon. Vijdon azobi qiynayapti ekan. Savol: U otasiga oq bo‘lib qolmadimi? 6-7 oylardan buyon 5 vaqt namoz o‘qiydi. O‘zi yaxshi yigit.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otasi rozi bo‘lgan bo‘lsa ezilishga hojat yo‘q. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 11:29 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otasi rozi bo‘lgan bo‘lsa ezilishga hojat yo‘q. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 11:29 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar