Savdoda ayg‘oqchilik
Assalomu alaykum! Islomda savdogar raqobatchisini narx navolarini bilish maqsadida, yoki shunga o‘xshash narsalarda yolg‘on ishlatib odam kirgizib ma’lumot olsa yoki shunga o‘xshash ishlar qilsa gunox xisoblanmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu quyidagi oyatga tushib qoladi. Alloh taolo "Hujurot" surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اجْتَنِبُوا كَثِيرًا مِّنَ الظَّنِّ إِنَّ بَعْضَ الظَّنِّ إِثْمٌ وَلَا تَجَسَّسُوا وَلَا يَغْتَب بَّعْضُكُم بَعْضًا أَيُحِبُّ أَحَدُكُمْ أَن يَأْكُلَ لَحْمَ أَخِيهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُ وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ تَوَّابٌ رَّحِيمٌ 12. Ey iymon keltirganlar! Ko‘p gumonlardan chetda bo‘linglar, chunki ba’zi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar. Ba’zilaringiz ba’zilaringizni g‘iybat qilmasin. Sizlardan birortalaringiz o‘zining o‘lgan birodarining go‘shtini eyishni yaxshi ko‘rurmi? Ha, yomon ko‘rasizlar. Allohdan qo‘rqinglar! Albatta, Alloh tavbani ko‘plab qabul qiluvchidir, o‘ta rahmlidir.
«Josuslik qilmanglar», – deb bu qabih ishdan qaytarilmoqda.
Odatda, birovga yomonlik etkazish niyatida ayblarini va zaif joylarini, o‘ziga bildirmay, yashirincha izlashga «josuslik» deyiladi. Bu ish ham katta gunohlardandir. Chin musulmon kishining qalbi bu kabi jirkanch odatlardan pok bo‘lmog‘i zarur. Boz ustiga, bu ish Islom dinining asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lmish insonning karomati, hurmati, izzati va obro‘sini himoya qilish masalasiga chambarchas bog‘liqdir.
Islom mazkur huquqlarning muqaddasligini e’tirof etadi, ularning hech bir holda poymol bo‘lmasligining chorasini ko‘radi. Islom jamiyatida insonlarning jonlari, molu mulklari, uy-joylari omonlikda, sir-asrorlariyu yashirin narsalari bexatar bo‘lishi zarur. Hatto jinoyatning oldini olish bahonasi bilan ham odamlarning ortidan josuslik qilishga ijozat yo‘q. Hukm ochiq-oydin ko‘rinib turgan ishga qarab chiqariladi. Gumon qilishga, shubhalanishga va poylashga hech kimning haqqi yo‘q.
Badgumonlik josuslikka yo‘l ochishini aytib o‘tgan edik. Endi josuslik g‘iybatga yo‘l ochishini aytmoqchimiz. Shuning uchun ham oyati karimada «josuslik qilmang» degan amrdan keyin
«Ba’zilaringiz ba’zilaringizni g‘iybat qilmasin», – deb uqtiriladi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 02:45 | Savol-javoblar | 181 | Moliya va tijorat