Juma namoziga borishim

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, dorixonada ishlayman, Allohga shukur tumanimizda eng xalqga ko‘p xizmat qiladigan aptekamiz, bir xilda juma namoziga dorixonani berkitib ketayotganimda bir xil odamlar to‘xtab turing dori ovolaylik deb qolishadi. Shunda men jumaga ulgurolmay qolishimni aytib ketayotganimda o‘sha odamlardan "bemorlarga dori sotmay, bemorni o‘ylamay jumaga chiqqanni nima foydasi bor" degan gaplari eshtilib qoladi. Balkim ichida og‘ir bemor uchun xam dori darmon olmoqchi bo‘lganlari xam bordir, lekin bilmayman. Shunda xam namozga ketaman. Bunga dinimizda nima deyilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shunday qilishingiz ham kerak, chunki jumani Alloh farz qilgan. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 11:40 | Savol-javoblar | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar