Tahoratga oid savol

Fazilatli Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari ijozat bersangiz sizga savol bilan murojat etsam,savolarim bir mavzuda ekanligi uchun ham alohida mazu ochmadim hato qilgan bo‘lsam uzurimni qabul qiling 1.Tahorat paytida Sovun va yuvinish mahsulotlardan foydalansa tahorat mukammal bo‘ladimi? 2.Tahoratda ko‘rsatilmagan azolarni (masalan qo‘ltiq osti ) kabi azolarni tahoratning qaysi qismida yuvgan afzalroq?Vaqtingizni ajratganingiz va javob uchun rahmat Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Haqimizga duo qilib qo‘ying Yaratgan egamiz Iymonimizga quvvat, Nafsimizga zayiflik berib namozlarimizni mukkamal ado etishlikni barchalarimizga nasib etsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tahorat sunnatda ko‘rsatilganidek, qilinsa mukammal bo‘ladi. Sovun yoki boshqa yuvish vositalarini qo‘shsa emas.- U a’zolarni g‘usl qilganda yuviladi.- Savolni bu tarzda berilmaydi. Avval tahorat kitobini o‘qisangiz, yaxshi bo‘lardi.

27 May 2022, 02:29 | Savol-javoblar | 150 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar