Zulukning so‘lagi ro‘zani ochmaydimi? (Aniqlik)

Assalomu alaykum! "Zuluk ro‘zani ochmaydimi?" deb so‘ragan savolimga sizlar " Ochilmaydi. Ro‘za tashqariga chiqqan narsadan emas ichkariga kirgan narsadan ochiladi" deb javob beribsiz. Lekin zulukning so‘lagida geparin moddasi bor. U tirga kiradi va qonni shu modda orqali tozalaydi va suyultiradi. Ana shu so‘lagi qon tomirlarga kirishi bilan ro‘za ochilmaydimi deb so‘ragan edim. Men odamlarga zuluk qo‘yaman. Ro‘zador holatida qo‘ysam ularning ro‘zalarini bilmay ochib qo‘ymasmikinman degan maqsadda sizdan so‘ragan edim. Iltimos aniq javob bersangiz. Javobingizmen uchun fatvo darajasida bo‘ladi. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odatiy(og‘iz, burun, orqa jinsiy a’zo kabi) yo‘llardan boshqa joydan kirgan narsa ro‘zani ochmaydi. Hatto oshqozonga yo‘l yo‘qligi uchun ayollarni old jinsiy a’zosidan narsa kiritilsa ham ochilmaydi. Qo‘rqmay qo‘yavering. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 12:02 | Savol-javoblar | 137 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar