Koreadan pul jo‘natish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. O‘zbekiston banklarida xizmat ko‘rsatish qoloq bo‘lganligi sababli koreadagi yurtdoshlarimiz pulni biznesmenlar orqali yuborishadi. Pulni bergandan keyin 10 minut o‘tib uydagilar pulni O‘zbekistondagi vakildan olardi. Endi hozir uydagilar pulni ertaga olsa 2$, 1 haftadan keyin olsa 5$, 10 kundan keyin olsa 10$ arzonlatib bu vaqtda pulni savdosida aylantirishyapti. Bu sudxo‘rlikmi? 2). Biz shu odamdan pul yuborsak bizga gunohi yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aynan siz aytganingiz nojoiz. Bu uslubdan foydalanish ham joiz emas. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 12:13 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar