Arab amirligidagi jamoat namozi haqida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, qisqa javoblaringiz kifoya qiladi. Jamoat namozi va Arab amirliklaridagi holat bo‘yicha savollar bor edi. Jamoat bo‘lib o‘qilganda har bir harakatdan keyingi aytiladigan «Allohu Akbar» ni muqtadiy ham aytadimi? Peshin va Asr namozlarida Fotiha surasi va zam suralarni ham muqtadiy ichida aytadimi?
Arab amirliklarida Masjidda imom bamdod namozining ikkinchi rak’atida ruku’dan so‘ng tik turgan holida duo qiladi. Shunda biz ham imomga iqtido qilamizi?
Farz namozidan oldin aytiladigan takbiri qomatni qisqa qilib, ya’ni har bir lafzni ikki marta emas bir marta aytish joizmi? Javoblaringiz uchun tashakkur. Umringiz va bilimingiz yanada ziyoda bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Aytadi. 2). Hanafiy mazhabida ham imom Muhammad “o‘qishi joiz” deganlar. 3). Hanafiy mazhabidagi kishi sukut saqlab turadi. 4). Boshqa mazhablarda joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:24 | Savol-javoblar | 145 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar