farzandlar muammosi
Assalomu alaykum Shayx xazratlari! Alloh qilayotgan ishlaringizdan rozi bo‘lsin. Ilk marotaba xat yozayotganim uchun xatoyu kamchiliklariga oldindan uzr so‘rayman.Oilada 4 farzandning kattasi menman. oilalikman. Otam hayotlari davomida juda ko‘p noxaqliklarga uchraganlar, shu sababdanmi bilmadim oxirgi paytlarda ichkilikka ruju qo‘yganlar. o‘zlarini anglamas darajada ichadilar. xaromdan qaytolmayotganliklarini, umrlarini bexudaga sarflayotganlari, sog‘liqlarini yomonlashishi, onam-u jigarlarimni siqilishi meni juda qiynaydi. menku bir qadam uzoqdaman, ammo shu holatni ichidagi onamga, ukalarimga yuragim eziladi. otam ichib kelganda kurakda turmaydigan gaplar gapiradilar, onamga azob beradilar bundan ukmning jaxli chiqib otam bilan urushib ketishadi. aslida biz hech qachon otamga yoki onamga qarshi chiqmaganmiz, ularning gapi gap bo‘lgan, ularni ko‘zlariga tik boqmaganmiz. ammo endi... ukalarim oldinlari 1 so‘z bilan aytganda baxtli edilar, xozir sag‘al narsaga yig‘laydi, mungli bo‘lib qolishgan. otamni salobatlari bosadimi yo qo‘rqamanmi hullas hech ham qarshi gap aytolmayman.buvi dodalarimiz o‘tib ketishgan, aka opalarini so‘zlarini quloqqa ilmaydilar. Ptam aslida juda yaxshi inson, ko‘ngli toza, saxovatli odam, birgina ojizliklari shu tomondan. iltimos, buni otasidan shikoyat deb tushunmang, bu xatni ming andisha bilan yozyapman. iltimos yo‘l ko‘rsating, joiz bo‘lsa nasixat qiling nima qilsak biz farzandlar otamizni shu balodan (ichkilik) qutqaramiz. xatoyu kamchiliklar bo‘lgan bo‘lsa uzr. javobingiz uchun raxmat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Majburiy davolashga beringlar.
5 May 2022, 12:24 | Savol-javoblar | 160 | Bola tarbiyasi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Majburiy davolashga beringlar.
5 May 2022, 12:24 | Savol-javoblar | 160 | Bola tarbiyasi