Bunday er bilan yashash kerakmi?

Assalomu alaykum! Opam mendan bir narsani bilib berishimni iltimos qildi! Opamni aytishicha: eri uyiga olib kelayotgan pullari xarom narsaga aloqador deya shubxadamish. Ya’ni (uning bir nasha chekishga o‘rganib qolgan og‘aynisi bormish! Opamni eri xam u bilan aloqador degan shubxada va u narsani sotish yo‘li orqali bolalarga luqma olib kelayotganmish) opam shunday shubxada. Opam bir necha marotaba gapirdim shu xaqida deyapti va agar shunday yo‘l bilan bizni boqayotgan bo‘lsangiz bu ishingizni tashlang deganmish. Lekin opamni eri bunday emasligini takidlab aytayotganmish. Lekin u narsani xidi shundoq kelib turganmish. Endi savolim: agar opamning shubxalari to‘g‘ri chiqsa va opamni eri ya’ni(pochcham) opamni va bolalarini xarom luqma bilan boqayotgan bo‘lsa, opam undan javobini berishni surashga yoki farzandlarini olib ota uyiga ketishigi xaqqi bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ajrashmasin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:15 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar