Omonat so‘m berib dollar olish

Assalomu alaykum! Bir yaqinimga saqlab berish uchun so‘m beraman. U esa iltimosimga ko‘ra qo‘liga dollar tushganda, so‘mlarimni o‘sha kungi kurs bo‘yicha dollarga almashtirib qo‘yadi va men ma’lum vaqt o‘tib barcha so‘mlarimni dollar ko‘rinishida olsam joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘sha so‘mni berib turishingiz sizga bir tiyinchalik foyda keltirsa joiz emas. Chunki bozorchilarning odaticha savdogarlar savdo pulini berishaveradi, molga chiqadigan kunida dollarchilar pullaridan foydalanganlari uchun arzon narxda dollar berishadi. Bu qarz berib ustidan foyda ko‘rish deyiladi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar