Tish tortish hukmi

Assalomu alaykum! Men tish shifokori bo‘lib ishlayman. Savolim shundan iboratki bizda bazan bitta tish o‘rni bo‘lmagan boshqa sog‘lom tishlarni charxlab ustiga tish qo‘yiladi yani sog‘lom tishlarni ham butunligi buziladi. Shunda buni hukmi qanday bo‘ladi. Yani olloh bergan tishni sog‘lom tishni butunligini buzsak. Keyingi masala qabulimizda ayollar ham boladi ish jarayonida yuzigami biror sohasiga qo‘limiz tegib ishlaymiz baribir buni hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Kasal tishni davolashda barcha uslublar sog‘lom tishlarga zarar etkazishni taqozo qilsa eng zarari engili tanlanadi. Zarurat o‘laroq bunga ijozat bor.2). Ayol shifokorlar bo‘la turib ularga xizmat ko‘rsatishingiz to‘g‘ri emas. Ayol mijozlarni ayol shifokorlarga yo‘llab qo‘ying. Vallohu a’lam!

11 Sentabr 2023, 15:26 | Savol-javoblar | 0 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar