Fitna bilan g‘iybatmi?

Assalomu alaykum. Ishxonamizda ish beruvchi ishchilarga nisbatan kelishuvda yo‘q ish qilmoqda(masalan, bizniki ishlaganimizga olamiz, ya’ni ish bay. U o‘zining kelishuvda yo‘q ishini qildirmoqda. Ishdan tashqari ishlatmoqda, kelishuvsiz oylikdan olib qolmoqda). Biz ishchilar o‘zaro ishda yig‘ilib, shu muammolarni aytaylik noto‘g‘ri qilmoqda deb gaplashsak oramizdagi gap tashuvchilar borib etqazibdi. O‘z haqqimizni so‘raylik deb muhokama qilgan suhbatimizni u (ish beruvchi) senlar fitna qilyabsan bizni g‘iybat qilyapsanlar deb ishdan bo‘shatdi. Ho‘jayinlar nima desa qilishing kerak, hozirgi hojayinlarga yuqorigadidek ishlatishlar odatiy hol bo‘lib qolgani uchun shunday gaplar dedi. Haligi oramizdagi gapni ho‘jayinga ish yuzasidan etqazgan ishi to‘g‘rimi? Ish beruvchini bizlarni fitnachi, g‘iybatchi deyishi to‘g‘rimi? Yoki bizlar ham aybdormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Haqqingizni talab qilishingiz g‘iybat ham, ayb ish ham emas. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 12:35 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar