Muqaddas safardagi ibodatlar

Bismillahir rohmanir rohiym. Assalomu alaykum! Muhtaram ustoz! Allohning fazli va marhamati bilan bu yili ayolim bilan muqaddas haj safarini ado etish baxtiga musharraf bo’ldik.Alloh qilgan haj amalimizni haji-mabrurlar qatorida qilsin!Sizdan so’rashga botinganim shuki,biz safarga zulhijja oyining to’qqizinchi kuniga, ya’ni arofatda turishdan yigirma kun avval borgan edik.Biz uchun hajning farz ibodatlari bajarguncha shuncha kun bor edi.Umra ibodatini bajarganimizdan keyin imom domlani bizlarga O’shda qilgan maruzasiga asoslanib ibodatda bo’ldik.Ya’ni u kishi bizlarga: -“Allohning haj safari asnosida bandalariga bir yuz yigirma rahmati yog‘ilib turadi.Birinchisi Baytullohning tavof qilganda oltmish rahmati,ikkinchisi qazo yoki half namoz o’qiganda qiriq rahmati,uchinchisi ka’baga qarab turib tasbex,zikr aytib turganda yigirma rahmati yog‘ilib turadi”, deb aytdilar.Bunday ibodatlar islom ta’limoti,shariat ahkomlarida ilmiy asosga egami? Aslida,masalan men safardan oldin sizning “Kifoya” kitobingizning haj bo’limini qunt bilan o’qib va uqib chiqqan holda ibodatlarni bajargan bo’ldim, Inshaalloh! Tashakkur va e’htirom ila, O’sh shahridan Odiljon.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo hajlaringizni qabul aylasin! Imom domla aytgan sonlar haqida kitoblarda biror narsa ko‘rmadik. Albatta, tavof, namoz va zikr savobi ko‘p ibodatlardan. Xususan, Baytullohda bo‘lganda. Misol uchun hadislarda Baytullohda o‘qilgan bir namoz boshqa joylarda o‘qilgan yuz ming namoz savobiga to‘g‘ri kelishi aytilgan.

5 May 2022, 12:46 | Savol-javoblar | 150 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar