Qarzi bor odam sadaqa beradimi?

Assalomu alaykum!  Ramazon oyi muborak bo‘lsin. Savolim shundan iboratki, katta qarzi bor inson qarzidan tezroq qutilishni niyat qilib sadaka bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qarz berish vojib, sadaqa berish muboh. Vojib turganida muboh ishni tark qilinadi. O‘sha qarzlaridan qutilish maqsadida qarzini berish afzal. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:51 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar