Pro kamen mira

Assalomu alaykum! Evrei nazыvayut ego "Even-ga-Shtiya", musulmane — "As-Saxra". Perevod odin: "Kraeugolnыy kamen osnovaniya". Imenno s nego, soglasno obeim religiyam, Gospod nachal sotvorenie mira. Skajite pojaluysta eto pravda? Gde mojno nayti podrobnosti etogo utverjdeniya.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ko‘tarilib turgan tabiy bir tosh uzunligi 13/18 metrcha bo‘lib balandiligi 2 metr atrofida bir tekis emas. U Masjidul Aqsoning eng tepa nuqtasi(ya’ni masjidning qalbi)da joylashgan. Bu tosh borasida ko‘p qissalar bo‘lib, ularni ko‘pi to‘g‘ri emas. Haqiqiysi esa bu oddiy bir toshdir. Unda hech qanday bir imtiyoz yo‘q, uning xususiyatlaridan biri u Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelgunlaricha Bani Isroilning payg‘ambarlarini qiblasi bo‘lgan. Islomiy manbaalarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meroj kechasi shu toshdan osmonga ko‘tarilganlari rivoyat qilingan. U erda yana bir kichikroq g‘or bo‘lib, u “Ruhlar g‘ori” deb ham ataladi. G‘or ham o‘zi tabiy paydo bo‘lgan bo‘lib, bunda ham biror mo‘jizaviy narsalar yo‘q. Dunyoga mashhur “Masjidul Qubba”(Masjidur Saxro ham deyiladi) shu toshning ustiga qurilgan bo‘lib, hozir ham masjidga kirganlar bemalol ko‘rsa bo‘ladigan holatda. Yaxudiylarni kitoblarida “Alloh dunyoni shu toshdan boshlab yaratgan” degan gap bor ekan. Balki islomda ham shu kabi gap bordir, lekin bu isroiliyotlardan bo‘lib uni ishonchli deb hisoblanmaydi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 15:14 | Savol-javoblar | 151 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar