Xudo hoxlasa deb aytish

Assalomu alaykum! Men nos chekishga o‘rganib qolganman. Endi nafsimni o‘zimga bo‘ysndirib nos chakishni tashlashga qattiq xarakat qilyapman. Bugun bir yaqin do‘stimga Xudo xoxlasa In sha Alloh shu nos chakishimni tashamoqchiman deb aytdim. Do‘stim menga nos chakishingni tashashing uchun Xudo xoxlasa tashlayman deb aytib bo‘lmaydi, chunki Xudo shundog‘am nos chakishingni xoxlamaydi dedi. Gunox ishni tashlash uchun Xudo xoxlasa deb aytib bo‘lmaydimi??
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Alloh xohlasa” so‘zidagi xohishdan murod U zotning irodasidir. Banda xoh gunoh, xoh savob amalni qilishni qasd qilsin, agar bu ishga Allohning irodasi bog‘lanmagan bo‘lsa, hargiz bajara olmaydi. Shunga binoan ma’siyatni tark qilish uchun “Inshaa Alloh” deyishda hech qanday mone’ yo‘q. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 02:33 | Savol-javoblar | 198 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar