Masjidga go‘sht olib kirish

Assalomu alaykum! Men yaqinda bir tarbiyaviy qisqa metrajli film ko‘rib qoldim. Unda bir kishi avval bozordan go‘sht olib so‘ngra masjidga Peshin namozini o‘qish uchun boradi. Namoz o‘qishdan oldin sotib olgan go‘shtini oyoqlarini orasiga qo‘yib oladi va namozini ado etadi. Uyiga qaytib ayoliga sho‘rva qilishni buyuradi oradan 2, 3 soat o‘tgandan kegin go‘sht pishmagan bo‘ladi va yana qaynatadi 1 soat, baribir go‘sht o‘z xoliga turaveradi. Shunda xaligi kishining onasi go‘shtni kimdan olganligi nima bo‘lganligi xaqida so‘raydi va bo‘lgan ishni aytsa, xaligi ayol shunday gap aytadi - Voy bolam masjidga sen bilan birga kirib namoz o‘qigan sajda qilgan go‘sht suvda kuymabdi o‘tda yonmabdi, Allohning mexribonchiligini qara deb aytadi. Aytingni ustozlar shunday bo‘lishi mumkinmi? Bunga biror bir xadis yoki Qur’ondan oyat bormi shu xaqida?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masjidlar Alloh taoloning baytlaridir. Ularning sharafini bildirish uchun bunday to‘qima narsalarga ehtiyoj yo‘q. Kim to‘qigan bo‘lsa ham xato qilibdi. Vallohu a’lam!

7 Dekabr 2023, 11:41 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar