Qassobchilikdagi savdolar haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli aziz ustozlar, men zikr ahlidan so‘rang ilovasini telefonimga o‘rnatganman va inshaAlloh doimiy kuzatib ilm olaman. Men uyda qo‘shimcha daromad olish uchun novvos boqib sotaman. "Qassobchilikdagi kalla terini skidka qilish" to‘g‘risidagi savol javobni o‘qib qoldim va shunga doir qo‘shimcha savol bermoqchi edim. Biz novvosni sotishdan oldin qancha go‘sht qilishini tahminan bilib keyin uni qassob necha puldan so‘yib(masalan 40000 dan do‘konda sotadi 37000 dan go‘shtini so‘yib tortib kalla teri skidka holda oladi) tortib olayotganiga qarab narx pichib so‘ymasdan tirik sotamiz shu ishimizda ribo yo‘qmi, joizmi? 2). Ayrim holda qassob novvosni tirik vaznining har bir kilosiga falon puldan beraman deydi(bunda ham kalla teri hisobsiz so‘yib olayotgan narxini hisob qiladi va qancha go‘sht chiqishini tahmin qilib tirik vazinning har bir kilosiga narh aytadi) va bunday sotish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Avvaldan chamalab olib, qassob bilan kalla terini skidka qilmasdan tirik sotishda ribo yo‘q. Bozorda ham hamma shunday qilib savdo qiladi. O‘zicha chamalaydi, narx chiqarada va hech qanday skidka degan gapni ishlatmaydi. 2). Qanday qilib taxmin qilsa ham chamalasa ham kelishuvda skidka qilishni shartlashmasligi kerak. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 13:08 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar